Barselona Olmoni Sevilyaga qarshi o‘yinga qaytishini kutyapti

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-10-2024, 14:34
Dani Olmo xalqaro tanaffusdan so‘ng "Barselona" tarkibiga qaytadi.

26 yoshli yarim himoyachi La Liganing 5-turidan o‘rin olgan "Jirona"ga qarshi o‘yinda sonidan jarohat olgan edi.

Marca xabariga ko‘ra, xalqaro tanaffus vaqtida Olmo "Bavariya" (23 oktabr) va "Real" (26 oktabr)ga qarshi o‘yinlarga to‘liq tayyorgarlik ko‘rish uchun jamoa bilan mashg‘ulotlarga qaytadi.

Klub uni 20 oktyabr kuni "Sevilya"ga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushishini kutmoqda.

Joriy mavsumda Olmo “Barselona” safida 3 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati