Abdulla Aripov O‘zbekiston Shaxmat federasiyasi raisi etib saylandi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-10-2024, 13:31
Bosh vazir Abdulla Aripov O‘zbekiston Shaxmat federasiyasi raisi etib saylandi.

2022 yildan federasiyaga rahbarlik qilib kelgan, bir vaqtning o‘zida Yoshlar ishlari agentligi direktori bo‘lgan Alisher Sa’dullayev federasiya raisi birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyatini davom ettiradi.  Shaxmat faxriysi Komil Sindarov O‘zbekiston shaxmat federasiyasi raisi o‘rinbosari etib saylandi.

O‘zbekiston 2026 yilda o‘tkaziladigan Butunjahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qiladi. Huquqshunos, bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevning yozishicha, bosh vazirning federasiya raisi etib saylanishi aynan ushbu nufuzli xalqaro tadbirga har tomonlama jiddiy tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Prezidentning 2023 yil 8 maydagi qarori bilan Abdulla Aripovga O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Butunjahon shaxmat olimpiadasiga kompleks tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitaga raislik qilish topshirilgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati