Ryudiger Tuxelning ta’siri haqida fikr bildirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-10-2024, 13:22
Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger Tomas Tuxel futbolchining faoliyatiga qanchalik ta’sir qilganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, himoyachi germaniyalik mutaxassis qo‘l ostida 2021 yilda Londonning “Chelsi” jamoasi tarkibida Chempionlar ligasida g‘olib chiqqandi.

"Frank Lempard qo‘l ostidagi mavsum "Chelsi"dagi eng qiyin bo‘ldi. Tomas Tuxel meni maydonga tushirib, muhim rol o‘ynatib, menga ishonch bag‘ishladi. Men unga maydondagi o‘yinim bilan minnatdorchilik bildirishga harakat qildim" - dedi Ryudiger Inside Scoop podkastida.

Tuxel hozirda ishsiz. Yozda murabbiy o‘tgan mavsumda so‘nggi 11 yilda ilk bor biror sovrin yuta olmagan "Bavariya"ni tark etdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati