Beshiktosh muxlislariga Lion bilan safar o‘yiniga tashrif buyurishi taqiqlandi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-10-2024, 13:19
"Beshiktosh" muxlislari Yevropa ligasining 3-turi doirasidagi "Lion"ga qarshi safar o‘yiniga kirishdan mahrum bo‘ladi. Bu haqda RMC Sport xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, bezorilikka qarshi kurash milliy boshqarmasi jamoaning bo‘lajak o‘yinini o‘ta xavfli deb baholagan.

Qayd etilishicha, turk klubi muxlislariga Lion markazida va shahar atrofidagi pullik yo‘llarda ham mashina haydash taqiqlanadi.

Fransiya Ichki ishlar vazirligi tez orada tegishli buyruqni e’lon qilishi kerak.

“Lion” – “Beshiktosh” uchrashuvi 24 oktyabrga belgilangan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati