Real bir braziliyalikdan voz kechadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 13:10
Madridning "Real" klubi "Kastilya" klubida ijara asosida o‘ynayotgan "Shaxtyor" himoyachisi Vinisius Tobias bilan shartnoma imzolamaydi. Bu haqda AS xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "Real Madrid" braziliyalik futbolchini Dani Karvaxalga o‘rinbosar sifatida ko‘rgan. Ammo Lukas Vaskes bilan shartnoma uzaytirilgach, Tobiasda asosiy tarkibga kirish imkoniyati qolmadi.

20 yoshli Tobias 2022 yilning yozida "Shaxtyor"dan ijaraga olingandi. Bu vaqt ichida u "Real Madrid"ning ikkinchi jamoasi safida 59 ta o‘yinda maydonga tushdi va birorta ham gol ura olmadi.

2023/2024 yilgi mavsumda braziliyalik futbolchi Qirol kubogida asosiy jamoa tarkibida bitta o‘yin o‘tkazdi. Tobias oxirgi marta fevral oyida Ispaniya chempionatining uchinchi ligasida "Alxesiras" bilan o‘yinda (3:0) "Kastilya" uchun maydonga tushgan edi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati