Tolibon delegasiyasi Afg‘oniston bo‘yicha maslahatlashish uchun Moskvaga keldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-10-2024, 12:04
Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaqiy boshchiligidagi “Tolibon” harakati delegasiyasi afg‘on masalalari bo‘yicha “Moskva formati” maslahatlashuvlari uchun Moskvaga keldi.

Bu haqda Rossiya OAVlari xabar bermoqda.

Ketma-ket oltinchi bo‘lib o‘tadigan maslahatlashuvlar chog‘ida ishtirokchilar mintaqa davlatlari va Kobul o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, terrorizmga qarshi va narkotiklarga qarshi kurash sohalarida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish jarayoniga ko‘maklashish masalalarini muhokama qiladilar.

Format 2017 yil aprel oyida yaratilgan bo‘lib, unda 10 ta davlat – Rossiya, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston ishtirok etadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati