“Parpi ota” ziyoratgohi obodonlashtiriladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 22
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 13:06
Tashkil etilgan ochiq muloqotda mahalliy aholi, nuroniylar tomonidan yillar davomida so‘lim dam olish maskani, oilaviy hordiq chiqarish joyiga aylangan “Parpi ota” ziyoratgohining tarixi, madaniy-ma’rifiy ahamiyati xususida so‘z yuritildi. Qur’on tilovat qilinib, jonliq so‘yildi.

Manzil Ohangaron, Angren, Bo‘ka, Piskent, Olmaliq kabi bir biriga yaqin tuman va shaharlar aholisi uchun tez-tez ziyorat qilinadigan joy sanaladi. Ayrim yoshi ulug‘lar Parpi otani shu yerlik bo‘lgan deyishsa, boshqalar u arab millatiga mansub edi, deydi. Afsonalarga ko‘ra, Parpi ota cho‘ponlik qilgan. Shu bilan birga, u shifobaxsh giyohlar bilan turli xastaliklarni davolagan. Bu orqali xalq orasida u “tabib” nomini ham olgan. Uning farzandlari bo‘lmagan deyiladi. Ziyoratgoh hududida teshik tosh mavjud. Yana bu yerdagi buloqning suvi ko‘plab dardlarga davo ekani bilan mashhur. Shuning uchun shifo istab boradiganlar juda ko‘p.

Zoyir Mirzayev tomonidan Madaniy meros boshqarmasi va Ohangaron tumani hokimligiga loyiha hujjatlarini qisqa muddatlarda ishlab chiqib, qurilish, bunyodkorlik ishlarini boshlab yuborish bo‘yicha aniq ko‘rsatma berildi. Maqsad ziyoratchilar, mahalliy va chet ellik sayyohlar uchun har tomonlama qulaylik yaratishdir.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati