Desham - Mbappe haqida: Tavakkal qilish kerak emas

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-10-2024, 11:37
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham UYEFA Millatlar ligasining oktyabr oyidagi o‘yinlari uchun qaydnomada hujumchi Kilian Mbappening yo‘qligiga izoh berdi.

"Uning yengil jarohati bor va yaxshi tiklanishi uchun davolanish kerak. Tavakkal qilish kerak emas. Shuning uchun Kilian (qaydnomada) yo‘q.

Men Kilianning (Fransiya terma jamoasiga) sodiqligiga shubha qilmayman, lekin u so‘nggi (sentyabr) yig‘inida eng yaxshi formada emas edi", - deya Desham so‘zlarini keltiradi Goal.

Sentyabr oyi oxirida Mbappe mushaklaridan jarohat oldi, shu sababli u "Real"ning so‘nggi o‘yinlarini o‘tkazib yubordi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati