Shaxmat bo‘yicha Jahon chempionati chiptalari sotuvga chiqdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-10-2024, 11:03
Xalqaro shaxmat federasiyasi 20 noyabr-15 dekabr kunlari Singapurda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati bahsi uchun tomoshabinlarga mo‘ljallangan chiptalar sotuvga chiqarilganini e’lon qildi. Eslatib o‘tamiz, match amaldagi jahon chempioni xitoylik Din Lijen va nomzodlar turnirida g‘alaba qozonib da’vogar maqomiga ko‘tarilgan hindistonlik 18 yoshli Dommaraju Gukesh o‘rtasida kechadi.

Aytish joiz, klassik shaxmat bo‘yicha jahon chempionati dunyodagi eng muhim va mashhur turnirlardan biri. Lijen 2023 yil aprel oyida Qozog‘istonning Ostona shahrida Yan Nepomnyashiyni tay-breykda mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritgan. Gukesh esa 2024 yil aprelda Kanadaning Toronto shahri mezbonlik qilgan da’vogarlar musobaqasida eng yuqori natija ko‘rsatgan.

Jahon chempionligi uchun kurash 14 o‘yindan iborat. Raqiblardan biri 7,5 ochko to‘plasa, o‘yin to‘xtatiladi. 14-turdan keyin hisob teng bo‘lsa, g‘olib tay-breyk orqali aniqlanadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati