• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Toshkent xalqaro aeroportida qiymati 600 million so‘mlik tilla zargarlik buyumlari ushlab qolindi

Toshkent xalqaro aeroportida qiymati 600 million so‘mlik tilla zargarlik buyumlari ushlab qolindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-10-2024, 10:56
Toshkent xalqaro aeroportiga “Dubay – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan fuqaroning xatti-harakatlari bojxona xodimlarida shubha uyg‘otgan. Natijada fuqaroning qo‘l sumkasi ichidan bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish me’yoridan ortiq bo‘lgan 1 dona tilla soat borligi aniqlandi.

Ekspertiza xulosalariga ko‘ra, sof vazni 151,69 gramm bo‘lgan ushbu qo‘l soati qariyb 338 mln. so‘mga baholanmoqda.



Shuningdek, yana bir holatda Nyu-Yorkdan uchib kelgan fuqaroga tegishli sumkalar ichida og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida ko‘rsatilmagan “ROLEX OYSTER PERPETUAL DATEJUST” brendiga mansub 156 mln. so‘m bo‘lgan qo‘l soati borligi ma’lum bo‘lgan.

Bundan tashqari, Dubaydan uchib kelgan fuqaroning qo‘l va yo‘l sumkalari ko‘zdan kechirilganda, og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirish me’yoridan ortiq bo‘lgan “BVLGARI” nomli 1 dona bilakuzuk va 1 dona uzuk borligi aniqlandi.


Ma’lum bo‘lishicha, uning qiymati 71 mln. so‘mni tashkil qilmoqda.
Ushbu holatlar yuzasidan MjtKning tegishli moddalari bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati