Atletiko Madrid futbolchisi safdan chiqdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-10-2024, 10:52
"Atletiko Madrid" rasmiy matbuot xizmati orqali yarim himoyachi Markos Lyorentening safdan chiqqanini tasdiqladi.

Kecha Chempionlar ligasi doirasida "Benfika"ga qarshi o‘yinda (0:4) Lyorente birinchi bo‘limning 33-daqiqasida maydonni tark etdi.

Aniqlik kiritilishicha, Lyorente sonidan jarohat olgan. Endi u sport zalida reabilitasiyani kutmoqda.

Joriy mavsumda Lyorente "matraschilar"ning doimiy o‘yinchisi bo‘lib, ispan klubi safida 10 ta o‘yinda maydonga tushib, barcha turnirlarda ikki marta gol urgan va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati