Mareska: U ko‘proq zaxira o‘rindig‘ida o‘tirishi kerak

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-10-2024, 10:39
"Chelsi" bosh murabbiyi Enso Mareska Kirnan Dyusberi-Xolning jamoadagi o‘rni haqida gapirdi.

26 yoshli yarim himoyachi bundan avval hech qachon "ko‘klar" safida APLda o‘ynamagan. Italiyalik murabbiy faqat Konferensiya ligasida unga imkon berishga qaror qildi va ilk daqiqalardan yarim himoyachini maydonga tushirishni afzal ko‘radi.

Payshanba kuni ingliz futbolchisi Belgiyaning “Gent” klubiga qarshi to‘liq o‘yin o‘tkazdi (4:2) va gol urdi.

"Hozirda Dyusberi Xoll uchun qanchalik qiyinligini juda yaxshi tushunaman. U “Lester”da yetakchi o‘yinchi bo‘lgan.

U ko‘proq zaxira o‘rindig‘ida o‘tirishi kerak va avvaliga buni qabul qilish oson emas, lekin biz uni xohlashimizni tushunishi kerak - shuning uchun u shu yerda", - deya Mareskaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Nizaar Kinsella.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati