Ryudiger - «Real»ga transferi haqida: «Bunga ishonib bo‘lmasdi»
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 1
- Формат: mp4
- Дата релиза: 04-10-2024, 10:35
Nemis futbolchisi 2022 yilning yozida «Chelsi»dan erkin agent sifatida «Los-Blankos» safiga qo‘shildi.
«Men «Real» bilan 2022 yilning 9 mayida shartnoma imzolaganman. Ular meni ko‘rgani Londonga kelishdi. Bunga ishonib bo‘lmasdi! Farzandlarimni bag‘rimga bosib, nima bo‘layotganiga ishonmadim.
Keyin menga libos berishdi, menda u forma hali ham bor. Men kuni bo‘yi uni kiyib yurdim», - deya 31 yoshli futbolchining so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.