Dyusberi-Xoll: Bu oqshomni unutmayman

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-10-2024, 10:22
Yarim himoyachi Kirnan Dyusberi-Xoll "Chelsi"dagi debyut golini urganidan keyin o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi.

26 yoshli futbolchi payshanba kuni Belgiyaning "Gent" jamoasiga qarshi o‘yinda (4:2) maydonga tushdi.

Yarim himoyachi 70-daqiqada raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi.

"Men juda xursandman. Men klubga kelganimdan beri nimalarga qodir ekanimni ko‘rsatish uchun shu daqiqani kutganman.

Gol urgandan keyin ajoyib tuyg‘u men bilan birga edi.

Men bu oqshomni unutmayman. Men har bir mashg‘ulotda bor kuchimni berganimdan faxrlanaman. Men ko‘proq o‘ynashni xohlayman" - dedi Dyusberi-Xoll.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati