Bremer: Bunday lahzada so‘z topish qiyin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-10-2024, 10:07
“Yuventus” markaziy himoyachisi Gleyson Bremer tizzasidagi xochsimon paylari yirtilgani sabab safdan chiqdi.

27 yoshli futbolchi chorshanba kuni Chempionlar ligasi doirasida "RB Leypsig"ga qarshi o‘yinda erta almashtirildi.

Keyinroq tibbiy ko‘rikda braziliyalikning tizzasining oldingi xoch bo‘g‘imlari shikastlangani aniqlangan. Futbolchi joriy mavsum yakuniga qadar tiklanishga ulgurmasa kerak.

"Bunday lahzada so‘z topish qiyin. Afsuski, tibbiy testlarning natijalari yomon chiqdi. Bu men katta motivasiya bilan yondoshadigan vazifa.

Bu men uchun o‘sish va avvalgidan ham kuchliroq bo‘lib qaytishim uchun imkoniyatdir. Oldinda uzoq tiklanish davri bor, bu davrda men jamoani tashqaridan qo‘llab-quvvatlayman", — deb yozdi Bremer ijtimoiy tarmoqlarda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati