Korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgani uchun 3837 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-10-2024, 09:32
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Oliy sud taqdim etgan ma’lumotlar asosida 2024 yilning birinchi yarim yilligidagi korrupsiyaga oid jinoyatchilik tahlil qilindi.

Joriy yilda (2023 yilning birinchi yarim yilligi bilan taqqoslaganda) ayrim soha va yo‘nalishlarda korrupsiyaga oid jinoyatchilik kamaygan.

Jumladan, tijorat banklarida 146 (186), Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida 145 (177), huquqni muhofaza qiluvchi organlarda 122 (128), Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi tizimida 52 (64), Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tizimida 30 (40), Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida 30 (33) korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etilgan.

Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimining 285 (237), davlat ulushi mavjud korxonalarning 103 (153), mahalliy hokimliklarning 133 (119) nafar xodimi tomonidan korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etilgan. Ushbu tizimlarda bunday jinoyatlar soni ortgani kuzatilgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati