MIB: qidiruvdagi yuk mashina topildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 1
- Формат: mp4
- Дата релиза: 04-10-2024, 09:21
Aniqlanishicha, qarzdor fuqaro I.Q. dan undiruvchi aksiyadorlik tijorat “Agrobank” filiali foydasiga 567,7 million so‘m qarzdorlik undirish belgilangan. Qarzdorlik garovdagi yuk “Shaanxi SX3254DR384” rusumli transport vositasiga qaratilgan. Mazkur ijro varaqasi byuroning To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi ish yurituviga kelgan va harakatlar olib borilgan. Qarzdorga ixtiyoriy muddatda to‘lashligi uchun imkon berilgan. Ammo, bu orada qarzdorlik bartaraf etilmagani bois, yuk transportga qaratilgan.
Orada yuk transport manzilda bo‘lmaydi va qidiruv e’lon qilinadi. Qarzdorning MIB organlari ish yurituviga davlat, soliq va fuqaro foydasiga undiruv bilan bog‘liq jami 2,1 milliard so‘mlik yana 12 ta ijro varaqasi kelib tushadi. Mazkur qarzdorliklarni undirish maqsadida fuqaro ogohlantiriladi.
Majburiyatni his etmagan qarzdorning yuk transport vositasiga Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan g‘isht ishlab chiqarish korxonasidan topildi va xatlash choralari ko‘rildi.