Shubhali modda olib ketayotgan shaxs dovonda qo‘lga olindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-10-2024, 00:32
"Qamchiq" dovonida shubhali modda olib ketayotgan shaxs ushlandi.

2 oktyabr kuni soat 15:45larda "Namangan" YPX maskanida YHXX “Qamchiq” dovoni bo‘yicha YPX otryadi xodimlari tomonidan "Vodiy-Toshkent" yo‘nalishida harakatlanib kelgan "Lacetti" rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilgan.

Mashina salonida bo‘lgan yo‘lovchi, 1997 yilda tug‘ilgan I.K. turli xatti-harakatlari bilan xodimlarda shubha uyg‘otgan.

Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida I.K.ning yonida bo‘lgan tamaki qutisi ichidan to‘q yashil rangli, o‘tkir hidli, ko‘rinishidan giyohvandlik vositasiga o‘xshash modda topilgan.

Holat yuzasidan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi va yo‘lovchi hamda topilgan modda Pop tumani IIB xodimlariga topshirilgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati