Umra lisenziyasi bo‘yicha yangi talablar yaqin kunlarda e’lon qilinadi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 1
- Формат: mp4
- Дата релиза: 03-10-2024, 23:37
Yangi tartib kuchga kirishiga 2 kun qoldi, lekin vakolatli organ hozirgacha yangi lisenziya shartlarini e’lon qilmagan.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati bosh mutaxassisi Yahyo Hayitaliyevning ma’lum qilishicha, qaror loyihasi allaqachon ishlab chiqilib, hukumatga kiritilgan.
“Ish bizda qolmagan, hukumat qarori chiqishi kutilmoqda. Bir-ikki kunda chiqib qolsa kerak”, dedi qo‘mita mas’uli.
Hayitaliyev qaror loyihasida lisenziya olish uchun qanday talablar qo‘yilganini ochiqlamadi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Umra lisenziyasini olish shartlari qiyinlashishi, xususan majburiy ravishda qo‘yiladigan garov puli miqdori oshirilishi haqida gap-so‘zlar tarqagan edi.