Yuventusning yana bir futbolchisi safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-10-2024, 22:04
Niko Gonsalesning jarohati darajasi ma’lum bo‘ldi.

"Yuventus" yarim himoyachisi Chempionlar ligasi doirasida "Leypsig"ga qarshi o‘yinda (3:2) jarohati sabab erta almashtirilgandi. Argentina terma jamoasi futbolchisining son qismida muammo bor.

Turin klubi futbolchining ertalabki tekshiruvi natijalarini ma’lum qildi. Gonsales o‘ng oyog‘ining femoris to‘g‘ri mushaklaridan yengil jarohat oldi.

Qayta tiklash taxminan 20-25 kun davom etadi. Futbolchi Argentina terma jamoasining oktyabr oyidagi uchrashuvlarida ishtirok etmaydi. Shuningdek, u 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Inter”ga qarshi o‘yinda safga qaytish maqsadida A Seriyada “Kalyari” va “Lasio” hamda Chempionlar Ligasida “Shtutgart”ga qarshi uy o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.

 




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati