Yangi sotib olingan uyning egasi sotuvchining kreditini to‘lashiga to‘g‘ri keldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-10-2024, 20:36
Xalqimizda “etti o‘lchab bir kes” degan naql bejiz aytilmagan. Biror-bir ishga kirishishdan oldin uning afzalliklari va salbiy jihatlari haqida obdon fikr yuritib, so‘ng amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Andijon shahridan uy sotib olgan fuqaro ham uning hujjatlarini rasmiylashtirmasdan turib, sotuvchiga xonadonning haqini to‘lab qo‘ygan. Notarial idoraga borgach esa, uy taqiqdaligini va o‘z nomiga hujjatlashtirib ololmasligini bilgan.

Sababi, uyni sotgan fuqaroning bankdan 30 mln. so‘mdan ortiq kredit qarzi mavjud bo‘lsa-da, Byuro xodimlari ogohlantirishlariga qaramay to‘lamasdan kelgan. Oqibatda, qarzdorga tegishli ko‘chmas mulkka taqiq qo‘yilgan.

Uyni sotib olgan fuqaro esa ushbu uyni qo‘ldan boy bermaslik uchun sotuvchining bank oldidagi qarzlarini to‘lashiga to‘g‘ri keldi.

Shunday qilib, M.S.ning “Agrobank” Andijon viloyat filiali oldidagi 30 289 264 so‘m qarzdorligi to‘liq qoplandi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati