Inter Mayami bosh murabbiyi Messining salomatligi haqida gapirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 12:24
"Inter Mayami" bosh murabbiyi Xerardo Martino Florida klubi hujumchisi Lionel Messining salomatligi haqida gapirdi. U avvalroq sonidan jarohatlangan edi.

“U fizioterapevtlar bilan ishlayapti, ammo ertangi o‘yinga tayyor emas. U maydonga tushmaydi, ammo keyingi o‘yinda o‘ynashi uchun qo‘limizdan kelganini qilishga harakat qilamiz. U tibbiyot xodimlari bilan ishlamoqda", - deya argentinalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Sport.es.

Natijada Messi ertaga, 31 mart kuni bo‘lib o‘tadigan "Nyu-York Siti" bilan o‘yinda ishtirok eta olmaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 04:30da boshlanadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati