WBA reytingi yangilandi. Uch bokschimiz 1-o‘rinda!

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-10-2024, 18:20
Butunjahon boks assosiasiyasi (WBA) sentyabr oyi yakunlariga ko‘ra yangilangan reytingni e’lon qildi.

Ushbu reytingdan o‘tgan oyda bo‘lgani singari 8 bokschimiz o‘rin olgan bo‘lib, ularning 3 nafari o‘z vazn toifalarida 1-o‘rinni egallab turibdi. WBA rasmiy davlati Ukraina deb ko‘rsatilgan hamyurtimiz Botir Ahmedov 13-o‘rindan 15-pog‘onaga pastladi.

Otabek Xolmatov va Bektemir Meliqo‘ziyev bir o‘ringa ko‘tarilib olgan. Otabekka faoliyatidagi yagona mag‘lubiyatni taqdim etgan Raymond Ford aksincha, 5-o‘ringa tushdi.

Reytingdagi bokschilarimiz:

Hasanboy Do‘smatov - (minimal vazn) 1-o‘rin (o‘tgan oyda ham 1-o‘rin;)

Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn) - o‘tgan oydagi singari 1-o‘rin;
Muhammad Shexov (birinchi yarim yengil vazn) - 10-o‘rin (o‘tgan oyda ham 10-o‘rin);
Otabek Xolmatov (yarim yengil vazn) - 4-o‘rin (o‘tgan oyda 5-o‘rin edi);
Botir Ahmedov (super yengil vazn) - 15-o‘rin (o‘tgan oy 13-o‘rinda edi);
Shahram G‘iyosov (yarimo‘rta vazn) - o‘tgan oydagi singari 1-o‘rin;

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati