Firibgarlikning yangi turi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 12:18
Toshkent shahar IIBB poytaxtda so‘nggi kunlarda firibgarlikning yangi turi paydo bo‘lganidan fuqarolarni ogohlikka chaqirdi:

“So‘nggi kunlarda Toshkent shahri hududida, fuqarolarga telefon orqali o‘zini “tergovchi” deb tanishtirib, ularga farzandi yo‘l-transport hodisasi sodir etganligini aytib, aldov yo‘li bilan pullarini o‘zlashtirganlik holatlari aniqlanmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Agar sizlarga noma’lum shaxslar qo‘ng‘iroq qilib, yaqin qarindoshingiz avtohalokat yoki boshqa noxush hodisaga sababchi bo‘lganligini aytib, aldov yo‘li bilan pul talab qilsa, ishonmang, zudlik bilan yaqin atrofdagi ichki ishlar idorasiga yoki 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling”, — deyiladi IIBB xabarida.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati