Shesni Barselonadagi roli haqida fikr bildirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-10-2024, 17:38
Voysex Shesni "Barselona"dagi roli haqidagi savolga javob berdi.

34 yoshli darvozabon faoliyatini qayta tikladi va Kataloniya klubi bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi.

"Birinchi raqam bo‘lishimga kafolatim yo‘q. Bugun men birinchi raqamli emasman. Va keyingi hafta men ham bo‘lmayman, chunki menga hali vaqt kerak.

Futbolda asosiy tarkibda o‘ynashingga kafolat yo‘q. Avval jamoadan joy uchun kurashish kerak, keyin esa uni saqlab qolish kerak.

Men Xansi Flik bilan jamoadagi rolim haqida gaplashmadim. "Barselona" ularga mening yordamim kerakligini tushuntirdi va men ularga yordam bera olaman deb o‘ylayman. Bor ga shu.

"Barselona" mendan yordam so‘radi va men buni qilaman, ammo tajribam qayerda foydali bo‘lishini murabbiy hal qiladi: maydondami yoki uning tashqarisida. Asosiy darvozabon roli uchun raqobatda mag‘lub bo‘lishim ham mumkin. Ko‘p aytaman: agar yutqazsam va Inyaki Penya ajoyib o‘ynasa, xafa bo‘lmayman ham", - dedi Shesni Foot Truck nashriga.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati