Fransiya terma jamoasining oktyabr oyidagi o‘yinlari uchun qaydnomasi e’lon qilindi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-10-2024, 17:32
Fransiya terma jamoasi oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Millatlar ligasi o‘yinlari uchun qaydnomani e’lon qildi.

Didye Desham shogirdlari Isroil va Belgiya terma jamoalari bilan to‘qnash keladi. Uchrashuvlar 10 va 14 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Darvozabonlar: Alfons Areolya («Vest Xem»), Mayk Menyan («Milan»), Bris Samba («Lans»);

Himoyachilar: Jonatan Kloss («Nissa»), Lyuka Din («Aston Villa»), Uesli Fofana («Chelsi»), Teo Ernandes («Milan»), Ibraima Konate («Liverpul»), Jyul Kunde («Barselona»), Vilyam Saliba («Arsenal»), Dayo Upamekano («Bavariya»);

Yarim himoyachilar: Eduardo Kamavinga («Real Madrid»), Yussuf Fofana («Milan»), Matteo Genduzi («Lasio»), Kuadio Kone («Roma»), Orelyen Tchuameni («Real Madrid»), Uorren Zair-Emeri («PSJ»);

Hujumchilar: Bredli Barkolya, Usman Dembele, Randal Kolo-Muani (hammasi – «PSJ»), Kristofer Nkunku («Chelsi»), Maykl Olise («Bavariya»), Markus Tyuram («Inter»).


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati