Marselning sport direktori hakamlarni tanqid qilgani uchun uchta o‘yinga chetlatildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-10-2024, 15:46
Mashhur sobiq himoyachi va "Marsel"ning hozirgi sport direktori Mehdi Benatia "Lion"ga qarshi derbi vaqtida hakamlar ishini tanqid qildi.

"Marsel" himoyachisi Leonardo Balerdi uchrashuvning dastlabki 5 daqiqasida ikkita sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi.

"Birinchi bo‘limda va butun o‘yin davomida juda ko‘p shubhali lahzalar bo‘ldi. Janob Bastyen bizga qarshi hakamlik qilishini ko‘rib, xavotirga tushdik", - dedi Benatiya o‘yindan keyin.

Ushbu bayonotlari uchun LFP intizom komissiyasi Mehdini uchta o‘yinga diskvalifikasiya qildi.

Eslatib o‘tamiz, bir kishi kam bo‘lib qolganiga qaramay, marsellik futbolchilar 3:2 hisobida zafar quchgandi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati