O‘zbekistonda turizmning yangi turlari joriy qilinadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-10-2024, 15:41
O‘zbekistonda mahalliy va xorijiy turistlar uchun qo‘shimcha imkoniyat va qulayliklar yaratish, turizm salohiyati yuqori hududlarda turistik xizmatlarni ko‘paytirish maqsadida 2025 yil 1 yanvardan boshlab turizmning yangi turlari joriy qilinadi.

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining «Turizmning yangi turlarini joriy qilish hamda mamlakatimizning turistik salohiyatidan samarali foydalanishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 582-sonli qarorida aytib o‘tilgan.

Qarorga muvofiq 2025 yil 1 yanvardan boshlab turizmning quyidagi yangi turlari joriy qilinadi:

Sanoat turizmi – mahsulot ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishish; Geologiya turizmi – oltin, ruda va boshqa mineral resurslar qazib oluvchi konlar, shaxtalar, faoliyat yuritmayotgan geologik ob’ektlarida texnologik jarayonlarni, shu jumladan, tog‘ jinslarini portlatish tadbirlarini bexatar masofadan kuzatish, mutaxassislar bilan muloqot qilish, tog‘ releflari bo‘yicha ekskursiyalarni tashkil qilishni nazarda tutadi; Ilmiy turizm – ilmiy-tadqiqot institutlari va laboratoriyalar, observatoriyalar hamda planetariylar, Fanlar akademiyasi va uning tizimidagi tashkilotlarga tashrif buyurish orqali fan va texnika yutuqlari bilan tanishish; Harbiy turizm – harbiy tarix va faoliyat bilan bog‘liq joylarga tashrif buyurish, yodgorliklar va tadbirlarda qatnashish, harbiy xizmatchilar hayoti va sharoitlari bilan yaqindan tanishish, hududlarda turistlarga o‘q otish bo‘yicha pulli xizmatlar tashkil qilish; Davlat-boshqaruv turizmi – mamlakatning siyosiy hayoti, davlat organlari va tashkilotlarining tarixi va faoliyatini aks ettiruvchi joylarga, xususan, Hukumat bino va inshootlariga tashrif buyurishni o‘z ichiga olgan. Turizmning yangi turlarini joriy etishga, shu jumladan, ob’ektlar ro‘yxatini shakllantirish, ularga kirish-chiqish tartibini ishlab chiqish, ularda pulli va bepul ko‘rsatiladigan xizmatlarni belgilash, tushayotgan mablag‘lardan samarali foydalanishga quyidagilar mas’ul etib belgilandi:

sanoat turizmi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi;

geologiya turizmi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi;
ilmiy turizm bo‘yicha-O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi hamda Fanlar Akademiyasi;
harbiy turizm bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi;
davlat-boshqaruv turizmi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.
Mudofaa vazirligining 2025 yil 1 yanvardan boshlab mahalliy va xorijiy turistlarga quyidagi xizmatlarni ko‘rsatish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi:

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati