Qozog‘istonda TikTok'ni bloklash taklif qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-10-2024, 14:51

Bu tashabbus senator Gennadiy Shipovskix tomonidan ko‘tarilgan. Shunday qilib, 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ota-onasining telefonidan ijtimoiy tarmoqqa kirishda Face ID texnologiyasidan foydalangan holda blokirovkalash mexanizmini joriy etish taklif qilinmoqda. Aks holda, senator tushuntirganidek, Qozog‘istonda bu platformani butunlay yopish kerak.

Shu bilan birga, Gennadiy Shipovskix ba’zi mamlakatlar TikTok`ni qisman cheklab qo‘yganining bir qancha sabablarini aytib o‘tdi:

✅Bolalar xulq-atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi;

✅ Kiberxavfsizlik

✅ Inson salomatligiga tahdid.
Qozog‘istonda TikTok`ni bloklash masalasi allaqachon ko‘tarilgan. Joriy yilning aprel oyida Madaniyat va axborot vaziri Aida Balayeva Internetda noqonuniy kontent tarqatilayotganini aytgan edi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati