Endrik: Raqib ham biz kabi yaxshi o‘ynadi, biroq qiynaldik

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-10-2024, 14:51
Endrik "Real Madrid" safida o‘zining birinchi o‘yinini baholadi.

18 yoshli braziliyalik forvard Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 2-turidan o‘rin olgan "Lill"ga (0:1) qarshi o‘yinda 57 daqiqani maydonda o‘tkazdi.

"Bu aql bovar qilmaydigan tuyg‘u, men dunyoning eng yaxshi klubidaman. Birinchi daqiqalardan o‘ynash qiyin, lekin asosiy tarkibda bo‘lish juda muhim. Bundan xursandman, lekin mag‘lubiyatimizdan xursand emasman.

Biz bor e’tiborimizni navbatdagi mashg‘ulotga, keyingi o‘yinga – "Vilyarreal"ga qarshi o‘tkazishga qaratganmiz. Mavsum uzoq, umid qilamanki, keyingi o‘yinda g‘alaba qozonamiz.

"Lill"ga qarshi o‘yin ham boshqalar kabi juda qiyin bo‘ldi. Raqib ham biz kabi yaxshi o‘ynadi, biroq qiynaldik. Ha, mag‘lub bo‘ldik, ammo biz allaqachon boshqa o‘yin haqida o‘ylayapmiz", — dedi Endrik.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati