Slot o‘zining rekordi haqida gapirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-10-2024, 14:47
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot "mersisaydliklar"dagi rekord yutug‘i haqida fikr bildirdi. Niderlandiyalik murabbiy o‘zining dastlabki to‘qqizta o‘yinidan sakkiztasida g‘alaba qozongan tarixdagi birinchi murabbiyga aylandi.

"Bunday muvaffaqiyatga erishganimdan xursandman, chunki "Liverpul"da mendan oldin ko‘plab zo‘r mutaxassislar ishlagan. Lekin men faqat shu ko‘rsatkich bilan eslab qolishni xohlamayman. Umid qilamanki, bundan ham ko‘proq yutuqlarga erishaman", - dedi Slot klub matbuot xizmatiga.

Bir kun avval "Liverpul" UYEFA Chempionlar ligasining 2-turi doirasida "Bolonya"ga qarshi bahs olib bordi. Slot jamoasi 2:0 hisobida zafar quchdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati