Dam olish kunlari bizni super to‘qnashuvlar kutib turibdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 12:00
Klublar futboli ikki haftalik tanaffusan so‘ng qaytmoqda va oddiy tarzda emas, balki super to‘qnashuvlari bilan. Keling, dam olish kunlari bizni qanday uchrashuvlar kutayotganini to‘xtalib o‘tamiz.

Shanba. 30 mart

“Napoli” “Atalanta”ni mag‘lub etsa, chempionlar ligasi poygasiga qaytadi

Bergamoliklar bu o‘yinda mag‘lub bo‘lishsa ham ularni musobaqada saqlab qoladigan zaxiraga ega. Neapolliklar bunga ega emaslar. Kalzona umidni tikladi. Ammo biz taxmin qilamizki, "Bolonya" va "Roma" o‘z o‘yinlarini oladi. "Napoli"ni faqat g‘alaba qoniqtiradi

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:30`da start oladi.

Bayer “Bayer”ga qarshi

"Xoffenxaym" hujumchisi Maksimilian Bayer yozda "Bayer"ga o‘tishi mumkinligi haqida mish-mishlar paydo bo‘ldi. Bayer 21 yoshda, u Bundesligada debyut mavsumini o‘tkazmoqda, 26 turda 12 gol urdi. “Bayer" to‘qnash kelgan o‘yinda Bayer vaziyatni qiyinlashtira olishini taxmin qilish qiyin.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:30da start oladi.
Anti-Allegri Allegriga qarshi

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati