• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Shavkat Umurzakov O‘zbekiston shaxmat federasiyasi Toshkent shahar bo‘limi raisi etib saylandi

Shavkat Umurzakov O‘zbekiston shaxmat federasiyasi Toshkent shahar bo‘limi raisi etib saylandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-10-2024, 14:02

Bugun Toshkent shahar sport boshqarmasi mas’ullari, poytaxt sport maktablarining rahbarlari hamda shaxmat bo‘yicha murabbiy-mutaxassislari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda shahrimizda shaxmat maktablarini tashkil etish va rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida shaxmatga bo‘lgan qiziqishni oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi hamda hozirda Toshkent shahar hokimi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Shavkat Umurzakov O‘zbekiston shaxmat federasiyasi Toshkent shahar bo‘limi raisi etib saylandi.

Shu bilan birga O‘zbekiston shaxmat federasiyasi Toshkent shahar bo‘limi raisining o‘rinbosarlari, ijrochi direktori hamda kotibi saylandi.

Rais o‘rinbosarlari: Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusanboyeva Nilufar Kasimboyevna, Yoshlar ishlari agentligining Toshkent shahar yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Mirzayev Bobur Maxirdjanovich.
Ijrochi direktor: Shayxontohur tumani sport maktabi direktori Sherzod Ziyamatov

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati