Qirg‘iziston Issiqko‘ldagi to‘rtta pansionatni Toshkentga beradi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-10-2024, 13:30
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 27 sentyabrdagi qarori bilan Qirg‘iziston hukumati bilan Issiqko‘ldagi to‘rtta pansionatni Toshkentga berish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Ro‘yxatga “Markaziy Osiyoning oltin qumlari” (“Zolotie peski Sentralnoy Azii”, sobiq “Bostery”), “Rohat-NBU“ (sobiq “Raxat”), “Dilorom” (sobiq “Enasoy”) hamda qurilishi tugallanmagan “Bo‘ston” pansionatlari kiritilgan.

Hujjatga ko‘ra, ob’ektlarga egalik qilish huquqi O‘zbekistondagi kompaniyalarga uzoq muddatli foydalanish uchun, yer esa ijara asosida beriladi.

⁃ “Oltin qumlar” pansionati “Toshkent mexanika zavodi”ga topshiriladi; ⁃ “Dilorom” pansionati “Asakabank”ka o‘tkaziladi; ⁃ “Rohat” pansionati O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga (O‘zmilliybank) beriladi; ⁃ “Bo‘ston” nomli qurilishi tugallanmagan ob’ekt “O‘zsanoatqurilishbank”ka o‘tkaziladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati