Turkiya xorijliklarni ishga joylashtirishni soddalashtirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-10-2024, 13:19

???? Turkiya Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi uzoq vaqtdan beri mamlakat ishbilarmon doiralari tomonidan talab qilib kelayotgan xorijliklarga ishlash uchun ruxsatnoma berish qoidalarini soddalashtirdi.

➡️ Yangi mezonlarga ko‘ra, yillik savdo hajmi kamida 50 million turk lirasi bo‘lgan korxonalar qo‘shimcha shartlarni bajarmagan holda 5 tagacha chet ellik xodimni jalb qilish uchun ariza berishlari mumkin. Bunda chet ellik ishchilarning ish haqi ariza berish vaqtida amalda bo‘lgan yalpi eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.

????Turkiyadagi biznes vakillari uzoq vaqtdan beri kadrlar bo‘shlig‘ini to‘ldirish uchun xorijlik xodimlarni yollash talablarini qayta ko‘rib chiqishga chaqirib kelishgan. Mazkur murojaatlar yuzasidan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi chet el fuqarolariga ishlash uchun ruxsatnomalar berish qoidalarini yangiladi. Yangi qoidalar 2024 yil 1-oktabrdan kuchga kirdi. O‘zgartirishlarning asosiy maqsadlaridan biri Turkiyaga malakali sarmoyadorlar va ishchi kuchini jalb qilish, shuningdek, malakali mahalliy mutaxassislar yetishmaydigan hududlarda xorijlik ishchilardan foydalanishdan iborat.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati