Eron Ozarbayjonga yana tahdid solmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-10-2024, 13:17

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni o‘rinbosari general Yadolloh Javanining aytishicha, Eron oliy rahbari Ali Xomananiy buyurganidek, Tehron Zangezur yo‘lagi shakllanishiga yo‘l qo‘ymaydi va Isroilning o‘z chegarasida bo‘lishiga toqat qilmaydi.

Yadolloh Javaniyning aytishicha, G‘arb davlatlari va Isroil Eron chegarasida yangi front ochishga harakat qilmoqda, biroq Boku qo‘shnisi bilan ziddiyatdan qo‘rqadi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Eron «shahidlarining qoni evaziga» Amerika ta’siridan qutulib, mustaqil davlat bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi va o‘z manfaatlarini barcha mavjud vositalar, jumladan, harbiy mashqlar bilan himoya qiladi.

Zangezur yo‘lagi Naxchivan viloyati va Ozarbayjonning qolgan qismi o‘rtasidagi 40 kilometrlik transport arteriyasi bo‘lib, Eron-Armaniston chegarasi bo‘ylab o‘tadi. Eron koridorning ochilishiga keskin qarshi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati