Ukraina qurol ishlab chiqarishni ko‘paytirmoqda, ammo...

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-10-2024, 13:15
Ukraina qurol ishlab chiqarishni ko‘paytirmoqda, ammo baribir G‘arbning katta yordamiga muhtoj

"Ukraina mahalliy qurol ishlab chiqarishni kengaytirish va uchuvchisiz tizimlar sohasida Rossiyadan ustunligini saqlab qolish bo‘yicha sa’y-harakatlarini davom ettirmoqda", deb yozadi Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW).

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 1 oktyabr kuni Ukraina kompaniyalari hozirda yiliga 4 million dron ishlab chiqarishi mumkinligini aytdi, rasmiylar esa hozirgacha 1,5 million dona dron ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma imzolagan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yaqinda Rossiya 2024 yilda dron ishlab chiqarish hajmini 10 barobarga oshirib, 1,4 million donaga yetkazishni rejalashtirayotganini aytdi.

Zelenskiy, shuningdek, Ukraina har oy 15 ta "Bogdan" o‘ziyurar artilleriya tizimini ishlab chiqarishi mumkinligini ta’kidladi.

Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerovning bayonotlariga ko‘ra, Ukraina dronlar va uzoq masofali raketalar, jumladan ballistik raketalarni mahalliy ishlab chiqarishga ustuvor ahamiyat berishda davom etmoqda.
Mamlakat bosh vaziri Denis Shmigalning Kiyev 2025 yilgi byudjet loyihasida qurol-yarog‘ va harbiy texnika xarid qilish uchun 7 milliard dollar ajratgan – bu joriy yil uchun belgilanganidan 65 foizga ko‘p.
Shmigalning aytishicha, Ukraina 2023 yilda mahalliy qurol ishlab chiqarishni uch barobarga, 2024 yilning birinchi sakkiz oyida esa ikki barobarga oshirgan.
ISW hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukrainaning mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi sa’y-harakatlari uzoq muddatda uning G‘arb harbiy yordamiga bog‘liqligini kamaytiradi, biroq hozircha Kiyev himoyalanish uchun hamon G‘arbning muhim yordamiga muhtoj.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati