3 oktyabrga o‘tar kechasi Isroil harbiy-havo kuchlari Bayrut markaziga hujum uyushtirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-10-2024, 12:57

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, havo hujumi oqibatida olti kishi halok bo‘lgan. Isroil mudofaa kuchlari bu "maqsadli zarba" ekanligini aytdi, boshqa tafsilotlarga aniqlik kiritmadi. Avvalroq AFP muxbirlari Bayrutda kuchli portlash ovozini eshitgani haqida xabar bergan edi.

The Times of Israel internet nashrining aniqlik kiritishicha, Isroil hujumidan so‘ng BMT qarorgohi, Bosh vazir idorasi va parlament binosi yaqinidagi Bashur hududidagi ko‘p qavatli binoda yong‘in chiqqan.

Avvalroq, 2 oktyabr kuni Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi 24 soat ichida Isroil hujumlari oqibatida mamlakat bo‘ylab 46 kishi halok bo‘lgani, yana 85 kishi jarohatlangani haqida ma’lumot tarqatgan edi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati