Bavariya futbolchisi jarimaga tortildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-10-2024, 12:45
Sven Ulrayx "Bayer" delegasiyasi a’zolarini haqorat qilgani uchun bitta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi.

"Bavariya" darvozaboni "sportga zid xatti-harakati" uchun jazolandi. Shuningdek, u “Bayer” bilan o‘yindagi hodisa uchun 20 ming yevro jarima ham olgan.

Bundesliganing 5-turida jamoalar durang qayd etishdi (1:1). Keyinchalik ijtimoiy tarmoqlarda Ulrayxning g‘azabli bayonotlari aks etgan video paydo bo‘ldi.

Avvaliga Myunxen jamoasining zaxira darvozaboni raqiblar vaqt cho‘zayotganidan nolidi va keyin Leverkuzen klubidan kimgadir murojaat qildi.

Shundan so‘ng Germaniya futbol assosiasiyasining tartib-intizom qo‘mitasi epizodni tekshirishga kirishdi va Ulrayx uzr so‘radi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati