O‘zbekiston kubogi finali uchun prevyu
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 4
- Формат: mp4
- Дата релиза: 03-10-2024, 12:39
Xabaringiz bor, mamlakatimizning eng sovrindor klublari qatoridan joy olgan va Superliga (oliy liga)mizning muntazam ishtirokchisi bo‘lgan «Navbahor» billur sovrinni 3 marta – 1992, 1995 hamda 1998 yillarda qo‘lga kiritgan, 1993 va 2022 yillarda final ishtirokchisiga aylanib, hal qiluvchi bahslarda «Paxtakor» (0:3, 1993 yili) hamda «Nasaf» (1:2, 2022 yil) jamoalariga imkoniyatni boy bergan.«Andijon» esa o‘z tarixida ilk marta O‘zbekiston kubogi finaliga yetib keldi.«Navbahor» va «Andijon» jamoalari O‘zbekiston kubogi doirasidagi bahslarda o‘zaro 8 marta ro‘baro‘ kelishgan.
Ushbu o‘yinlarning 6 tasida «Navbahor» g‘alaba qozongan bo‘lsa, 2 ta bahsda andijonliklar zafar quchishgan. To‘plar nisbatidagi ustunlik ham «Navbahor» tarafida – 15 - 7.
Qizig‘i, mazkur jamoalar joriy mavsumda O‘zbekiston kubogining guruh bosqichida ham o‘zaro bellashishgan, Namanganda bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar Toma Tabatadze (20-pen.) va Yovan Jokich (60)larning gollariga evaziga 2:1 hisobida g‘alaba qozonishgandi. Andijonliklarning yagona goliga esa Armin Boshnyak (88) mualliflik qilgandi.
Ushbu jamoalarning O‘zbekiston kubogi doirasidagi barcha uchrashuvlari natijalari:1992 yil. 1/4 final«Navro‘z» – «Navbahor» – 0:1«Navbahor» – «Navro‘z» – 3:11993 yil. 1/4 final«Navbahor» – «Navro‘z» – 4:2«Navro‘z» – «Navbahor» – 1:02002/2003 yillar. Guruh bosqichi«Andijon» – «Navbahor» – 1:42018 yil. 1/16 final«Andijon» – «Navbahor» – 1:02023 yil. Guruh bosqichi«Navbahor» – «Andijon» – 1:02024 yil. Guruh bosqichi«Navbahor» – «Andijon» – 2:1.
Eslatib o‘tamiz, «Navbahor» – «Andijon» uchrashuvi 5 oktyabr kuni Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida soat 17:00 da start oladi.