La Liganing sobiq hakami Kurtuaning diskvalifikasiya bo‘lishiga qarshi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-10-2024, 12:33
Eduardo Iturralde Gonsales Tibo Kurtuani diskvalifikasiya qilish uchun hech qanday sabab ko‘rmayapti.

La Liganing 8-turidan o‘rin olgan “Real” – “Atletiko” uchrashuvi (1:1) 2-bo‘limida "matraschilar" muxlislari “Real” darvozaboni Tibo Kurtuaga tribunadan narsalarni otishni boshlagani sababli o‘yin to‘xtatildi.

Bungacha belgiyalik futbolchi Eder Militaoning golini nishonlash uchun darvoza orqasidagi tribunalar tomon burilib: “Ket!” deb baqirdi.

RFEF tartib-intizom qo‘mitasiga bergan tushuntirishida "Atletiko" Kurtuaning "provokasion xatti-harakati"ga ishora qilib, mumkin bo‘lgan sanksiyalarni yumshatishga umid qilgan.

Shu bilan birga, “Real” darvozabonining harakatlari o‘yin hisobotida aks ettirilmagan, demak, unga nisbatan hech qanday sanksiya qo‘llanilmaydi.

"Agar o‘yinchi haqiqatan ham muxlislarga qarata provakasiyaga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa va ularni o‘zi boshlasa, reglamentda 4 tadan 12 ta o‘yingacha diskvalifikasiya ko‘zda tutilgan.
Kurtua misolida bu hatto sariq kartochka ham emas. Raqobat qo‘mitasi aralasha olmaydi", - dedi La Liganing sobiq hakami.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati