Turkiyada deportasiya qilingan o‘zbekistonlik ayollarni ushlab turish markazi o‘zgardi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-10-2024, 11:38
O‘zbekiston Respublikasining Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xodimlari Tuzla deportasiya markaziga tashrif buyurib, vatandoshlarimiz bilan uchrashdilar. Bu haqda Bosh konsulxona xabar qildi.

Istanbul shahrida kuchaytirilgan reyd tadbirlari doirasida qo‘lga olinayotgan O‘zbekistonlik fuqarolarni Turkiyadan vatanga yuborish borasida avvallari Chatalja deportasiya markazida ushlab turayotgan edi. Endilikda ayol fuqarolarimiz Tuzla deportasiya markaziga o‘tkazildi.

Tashrif mobaynida diplomatlar mutasaddi xodimlar bilan hamda bir nechta fuqarolarimiz bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazdilar.

Konsulxona tomonidan Vatanimizga qaytayotgan vatandoshlarimizga tegishli yordam ko‘rsatish bilan birga sud jarayoni va boshqa sabablar tufayli uzoq muddatdan beri deportasiya markazlarida qolayotgan xotin qizlar bilan ham suhbatlashildi.

O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi vatandoshlarimizdan mahalliy qoidalarga rioya qilishni tavsiya etib qoladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati