Qirg‘izistonning 4 ta pansionati O‘zbekistonga berildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-10-2024, 11:34
Qirg‘iziston ushbu ob’ektlarga egalik huquqini O‘zbekistonga o‘tkazadi. O‘zbekiston esa ushbu ob’ektlarga bo‘lgan mulk huquqini amalga oshirish uchun vakolatli tashkilotlarni belgilaydi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari o‘rtasida Issiqko‘l viloyatida joylashgan kurort va dam olish maskanlari to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi.

Hujjat ko‘l qirg‘og‘ida joylashgan rekreasiya zonalariga egalik huquqini tartibga solish, shuningdek, ularning keyingi faoliyatini ta’minlash uchun mo‘ljallangan.

Ro‘yxatga “Markaziy Osiyoning oltin qumlari” (sobiq “Bosteri”), “Rohat-NBU” (sobiq “Raxat”), “Dilorom” (sobiq “Enesay”), shuningdek, qurilishi tugallanmagan “Bo‘ston” pansionatlari kiritilgan.

Ma’lumot uchun: Bitim 2024 yil 18 iyul kuni Toshkent shahrida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida imzolangan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati