UNRWA: Sentyabr oyida G‘azodagi 1,4 million kishi oziq-ovqat yordamini olmagan
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 0
- Формат: mp4
- Дата релиза: 03-10-2024, 10:34
Bu haqda BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) bosh komissari Filipp Lazzarini X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
"Avgust oyida G‘azoda 1 milliondan ortiq odam oziq-ovqat yordamini olmagan. Sentyabrda ularning soni 1,4 milliondan oshdi", — deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.
Uning ta’kidlashicha, yetkazib berish cheklovlari xavfsizlik, yo‘llarning shikastlanishi va "qonun va tartibning buzilishi" bilan bog‘liq.