Sudyalardan ayrimlari vakolati muddati davriga qayta tayinlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-10-2024, 10:18
Sudyalar oliy kengashining ochiq tanlov shaklidagi yig‘ilishida ayrim sudyalarni muqobillik asosida vakolati muddati davriga qayta tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi. Qizg‘in va keskin o‘tgan muhokamalar yakunida tegishli qaror qabul qilindi.

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:

Xolov Qosim Ismatovich – sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon tumani sudining raisi lavozimiga;

Ahmedov Shuhrat Saidjabbarovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘stonliq tumani sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek:

Matmusayev Ikrorjon Ibrohimovich – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
Ahmedjanova Shoyraxon Alijonovna – sudyalik vakolati muddati davriga Namangan viloyati ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Namangan viloyati Namangan tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
Satvaldiyev Ilhomjon Atajanovich – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Oltinko‘l tumani sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
Nazirov Sherzod Erkinjanovich – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Ulug‘nor tumani sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;
Hasanov Baxtiyorjon Abdumutalibovich – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Ulug‘nor tumani sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Asaka tumani sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati