Ukraina energetika tizimining yo‘q qilinishi Chernobil va Fukusimadan ham yomonroq avariyalarga olib kelishi mumkin
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 1
- Формат: mp4
- Дата релиза: 03-10-2024, 09:46
Tashkilotning ta’kidlashicha, energetika tizimiga qarshi hujumlarning davom etishi mamlakatdagi atom elektr stansiyalari reaktorlari sovutish tizimlarining elektr ta’minotidan uzilishiga olib kelishi mumkin. Ularning haddan tashqari qizishi yadro yoqilg‘isining erishi va radiasiya chiqishiga olib keladi.
Hisobotda aytilishicha, atom elektr stansiyasida avariya yuz bergan taqdirda birinchi bo‘lib Ukraina aholisi jabr ko‘radi, biroq radioaktiv ifloslanish Yevropaning katta qismiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tashkilotning fikricha, buning oqibatlari Fukusima va Chernobil AESlaridagi ofatlardan ko‘ra jiddiyroq bo‘lishi mumkin.
"MAGATE endilikda qat’iyroq harakat qilishi — Rossiya hukumati bilan aniq aloqani o‘rnatishi va zudlik bilan muhim podstansiyalarga kengaytirilgan missiyasini joylashtirishi kerak", deydi Greenpeace`ning Kiyevdagi vakolatxonasining yadroviy ishlar bo‘yicha eksperti Shon Berni.