Uzbekistan Airways vaqtincha Iroq va Eron havo hududini aylanib o‘tadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-10-2024, 09:45
Uzbekistan Airways 2 oktyabrdan boshlab Iroq havo hududi, shuningdek, Eron g‘arbiy qismini aylanib o‘tgan holda parvozlarni amalga oshirishini ma’lum qildi.

Fuqaro aviasiyasi agentligi bu ko‘rsatmani «fuqaro havo kemalari parvozlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida» berdi. Aviakompaniya samolyotlari aniq ko‘rsatmaga qadar shu ko‘rinishda uchadi.

Ta’kidlanishicha, Uzbekistan Airways muqobil yo‘nalishlardan foydalangan holda Toshkent — Tel-Aviv — Samarqand/Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni davom ettiradi.

Ma’lumot uchun, bir qator xorij OAV Isroil Eronning ommaviy raketa hujumlariga «muhim javob zarbasi» tayyorlayotganini yozmoqda. Ehtimoliy nishonlar Eronning neft va yadroviy ob’ektlari bo‘lishi kutilmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati