Rustam Assakalov terma jamoada faoliyatini davom ettiradi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-10-2024, 09:17
Endilikda terma jamoaga sobiq kurashchimiz Rustam Assakalov bosh murabbiy bo‘ladi. Oldinroq, murabbiylar shtabiga yana bir sobiq kurashchi, Rio Olimpiadasi sovrindori Elmurat Tasmuradov ham jalb etilgan edi. Shu paytgacha terma jamoaga Ravshan Ro‘ziqulov bosh murabbiy bo‘lib kelgandi. 

Ma’lumot uchun, Rustam Assakalov O‘zbekiston terma jamosi safida jahon chempionatining ikki karra sovrindori (Las-Vegas-2015 kumush, Nur-Sulton-2019 bronza) bo‘lgan. Osiyo o‘yinlarida uch marotaba g‘olib va sovrindorga aylangan. 

Shuningdek, uch karra Osiyo chempioni va to‘rt karra sovrindori bo‘lgan. Boku-2017 va Konya-2021 Islom birdamlik o‘yinlarida bronza va oltin medallarini qo‘lga kiritgan edi. U Parij Olimpiadasidagi ishtirokidan so‘ng professional sportchilik faoliyatini yakunlagandi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati