Toshkent va Samarqandda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosiga chek qo‘yildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 11:38
Toshkent shahri va Samarqand viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda “L.SH.” nomli do‘kon sotuvchisi A.Z. jami 188 dona “Reduksin layt” nomli dori vositasini fuqaro O.S.ga 1 million so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu do‘kondan jami 1 648 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, departamentning Yakkasaroy, Chilonzor tumani bo‘limlari hamda DXX va IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda fuqarolar K.X., SH.A. va boshqalar noqonuniy daromad orttirish maqsadida jami 543 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati