Muhammad Saloh afrikalik futbolchilar orasida YECHLda gol urish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-10-2024, 04:22
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh Chempionlar ligasida afrikalik futbolchilar orasida gol urish bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

Misrlik futbolchi "Bolonya"ga qarshi o‘yinda (2:0) 75-daqiqada gol urib, tablodagi yakuniy hisobni o‘rnatdi. Hozir Saloh hisobida Chempionlar ligasida 45 ta gol bor - bu afrikalik futbolchilar o‘rtasidagi turnir rekordi. "Liverpul" hujumchisi reytingda 44 ta gol urgan ivuarlik mashhur sobiq hujumchi Didye Drogbani ortda qoldirdi.

Muhammad Saloh 2017 yildan beri "Liverpul" sharafini himoya qilib kelmoqda. Chempionlar ligasidagi 45 gol ko‘rsatkichiga erishish uchun futbolchiga atigi 81 ta o‘yin kerak bo‘lgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati